Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Yevro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va Yevropadagi 55ta milliy terma jamoa saralash bosqichidagi o‘z raqiblari nomini bilib olishdi.
Chempionatning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi B guruhidan joy oldi, bu guruhda yana Ukraina, Serbiya, Litva va Lyuksemburg kabi terma jamoalar bor.
2018 yilgi jahon chempioni bo‘lgan Fransiya esa H guruhida Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova va Andorra kabi terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi.
Saralash bosqichida 55 jamoa 10 guruhga ajratilgan. Guruh bosqichi 2019 yil noyabrida start oladi.
Yevropa chempionati 2020 yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar qit’aning 12ta yirik shahrida o‘tkaziladi.
A guruhi: Angliya*, Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya, Kosovo*.
B guruhi: Portugaliya*, Ukraina*, Serbiya*, Litva, Lyuksemburg.
C guruhi: Niderlandiya*, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Estoniya, Belarus*.
D guruhi: Shveysariya*, Daniya*, Irlandiya, Gruziya*, Gibraltar.
E guruhi: Xorvatiya, Uels, Slovakiya, Vengriya, Ozarboyjon.
F guruhi: Ispaniya, Shvetsiya*, Norvegiya*, Ruminiya, Farer orollari, Malta.
G guruhi: Polsha, Avstriya, Isroil, Sloveniya, Makedoniya*, Latviya.
H guruhi: Fransiya, Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova, Andorra.
I guruhi: Belgiya, Rossiya, Shotlandiya*, Kipr, Qozog‘iston, San-Marino.
J guruhi: Italiya, Bosniya va Gersegovina*, Finlyandiya*, Gretsiya, Armaniston, Lixtenshteyn.
*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g‘oliblari o‘zlari uchun kamida o‘tish o‘yinini kafolatlab qo‘yishgan.
Har guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Yana to‘rtta yo‘llanma egasi 2020 yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘tish o‘yinlari yoki jamoalarning reytingdagi pog‘onasi orqali aniqlab olinadi.
UYeFA Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, quyidagi jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi: Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Kosovo, Kosovo va Serbiya. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi