3 255
«Napoli» 91-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi, «Roma» o‘z maydonida iroda ko‘rsatdi
Italiya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. «Kalyari» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi.
Neapolliklar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib g‘alabani ilib ketishdi. Arkadiush Milik 91-daqiqada jamoasiga muhim uch ochko keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Yana bir bahsda «Roma» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qildi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Rimliklar safida Federiko Fasio, Jastin Klyuyvert va Brian Kristantelar o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsalar. Mehmonlarning gollariga Kshishtov Pyontek va Oskar Xilemarklar muallif bo‘lishdi.
A Seriya, 16-tur
Kalyari – Napoli 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90+1 Milik.
Kalyari – Krano, Klavan, Romanya (Andreolli, 80), Pizakane (Chigarini, 87), Farago, Ionitse, Padoin, Barella, Bradarich, Joao Pedro, Farias (Sau, 69).
Napoli – Ospina, Maksimovich, Gulyam, Malkyui (Kalexon, 80), Kulibali, Diavara (Mertens, 62), Allan, Fabian Ruis, Una (Insine, 71), Zelinski, Milik.
Ogohlantirishlar: Padoin (48), Maksimovich (72), Insine (79), Sau (89).
Roma – Jenoa 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Pentek, 1:1 – 31 Fasio, 1:2 – 33 Xilemark, 2:2 – 45 Klyuyvert, 3:2 – 59 Kristante.
Roma – Olsen, Kolarov, Jezus, Manolas, Florensi, Dzanolo, Kristante, Under (Santon, 76), Nzonzi, Klyuyvert (Shik, 80), Fasio.
Jenoa – Radu, Romero, Zukanovich (Pedru Pereyra, 60), Biraski, Bessa, Romulo (Pandev, 68), Lazovich, Xilemark, Sandro (Rolon, 65), Kuame, Pentek.
Ogohlantirishlar: Zukanovich (14), Dzanolo (47), Shik (87), Rolon (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi