Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 18 yanvar kuni (Toshkentda 19 yanvar ertalab) dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bokschi mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
«Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman», — dedi Fazliddin.
Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi