O‘tgan 2018 yilning dekabr oyida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tgan jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruizni (32, 11 KO, 17, 2 KO) birinchi raundda, 18 soniyada nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Mazkur jangdan so‘ng joriy yilning ilk oyida Jahon boks assotsiatsiyasi "WBA" yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) jadvalning 5-o‘rnidan joy oldi. Avval u ushbu jadvalning yettinchi pog‘onasida borayotgan edi.
Mazkur reyting jadvalining kuchli uchligida Mario Barrios (AQSh), Botir Ahmedov (Rossiya), Hiroki Okada (Yaponiya) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining 16-jangini 15 fevralda Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi. Unda bokschimiz amerikalik yengilmas bokschi Mikal Foksga (19-5-0)qarshi ringga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda