Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “PSJ” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Park de Prens”da kechgan bahsda inglizlarning qoʻli baland keldi.
Oʻyin mankunianlarning tezkor goli bilan boshlandi. 2-daqiqada mezbonlar himoyachisi Kerer xatoga yoʻl qoʻydi, natijada Romelu Lukaku darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va moʻljalda adashmadi.
Shundan soʻng toʻliq ustunlik maydon egalari tomoniga oʻtdi va bu tez orada oʻz samarasini berdi. 12-daqiqada Kilian Mbappe oʻng qanotda toʻpni egallab oldi va jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Xuan Bernat boʻsh qolgan darvozani yaqin masofadan ishgʻol qildi.
Taym oʻrtalariga qadar parijliklar raqibni kuchli bosimda ushlab turishdi, biroq mankunianlar himoyada yaxshi harakat qilishdi va asta-sekin qarshi hujumlarga oʻta boshlashdi.
30-daqiqada Markus Reshford uzoq masofadan kuchli zarba berdi, Janluidji Buffon toʻpni ushlashda xatoga yoʻl qoʻydi va undan qaytgan toʻpni Lukaku yaqin masofadan darvozaga joylab qoʻydi.
Ikkinchi boʻlimni mezbonlar faol boshlashdi, biroq tanaffusdan keyin oʻyin biroz sekinlashdi va jamoalar ehtiyotkorana harakat qilishdi. Mankunianlar oʻyinning soʻnggi daqiqalariga boribgina faollashdilar va bu oʻz samarasini bermay qolmadi.
Oʻyin yakunlanishi arafasida “MYU” futbolchilari penalti ishlab olishdi, jarima maydoni tomon uzatilgan toʻp Kimpembening qoʻliga tegdi hakam videtakrorlardan soʻng penalti belgilash qaroriga keldi. 11 metrlik jarima zarbasini Reshford aniq bajarib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Shu tariqa, deyarli ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan “MYU” safarda urilgan gollar soniga koʻra chorak finalga yoʻl oladigan boʻldi. “PSJ” esa yana alamli magʻlubiyat bilan pley-offda qolib ketdi.
Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
PSJ Fransiya – Manchester Yunayted Angliya 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2 Lukaku, 1:1 – 12 Bernat, 1:2 – 30 Lukaku, 1:3 – 90+4, penalti Reshford.
PSJ – Buffon, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Dani Alves (Kavani, 90), Di Mariya, Verratti, Kerer (Paredes, 70), Draksler (Menye, 70), Bernat, Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Diogu Dalot, 36), Lindelef, Shou, Smolling, Maktomini, Fred, Pereyra (Chong, 80), Yang (Grinvud, 87), Lukaku, Reshford.
Ogohlantirishlar: Di Mariya (34), Paredes (75).
Ilk oʻyin – 2:0
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi