Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) yil soʻngiga qadar mazkur vazn toifasining WBO yoʻnalishi boʻyicha chempioni, meksikalik Xayme Mungiyaga (32-0, 26 KO) qarshi ringga chiqmoqchi.
«Yil soʻngiga qadar jahon chempionligi kamari uchun jang qilishni reja qilganmiz. Bu beshinchi yoki oltinchi jangimizda boʻlishi koʻzda tutilgan. Promouterlarimga mazkur vazn toifasida yengilmas boʻlib turgan Xayme Mungiya bilan jang qilish niyatidaligimni aytdim. Bu jangni iloji boricha yil soʻngiga qadar tashkillashtirish niyatidamiz.
Agar bu jang yil soʻngiga qadar amalga oshmasa, keyingi yil boshida boʻlsa ham oʻtkaziladi. Asosiysi, mana shu yil soʻngiga qadar u bilan jang qilish boʻyicha kelishib olish yoki jangni shu yildayoq oʻtkazish», deya Madrimovning soʻzlarini keltirmoqda GoSport manbasi.
Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov 9 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 10 mart) AQSHda boʻlib oʻtgan boks oqshomida venesuelalik Frenk Roxasni (24-3, 23 KO) ikkinchi raundda chuqur nokautga uchratib gʻalaba qozondi va oʻzining WBA InterContinental kamarini himoya qildi. Ayni vaqtda Madrimov WBA reytingida 9-oʻrinda bormoqda. U hozircha WBO reytingida qayd etilmagan.
Maʼlumot uchun, yengilmas Xayme Mungiya 22 yoshda boʻlishiga qaramasdan, faoliyatidagi 32 jangining barchasida gʻalaba qozongan.
2018 yilning 12 may kuni Sadam Alini magʻlub etib mazkur chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng yana uch marta ushbu kamarini himoya qilishga ulgurgan. 13 aprel kuni u Meksikada irlandiyalik Dennis Huganga (28-1-1, 7 KO) qarshi jangda WBO chempionlik kamarini himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda