19:00 / 17.03.2019
3 598

“Jenoa” bugun “Yuventus”ning A Seriyadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga nuqta qoʻydi (video)

“Jenoa” bugun “Yuventus”ning A Seriyadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga nuqta qoʻydi (video)
Italiya chempionatining 28-turidan oʻrin olgan “Jenoa” – “Yuventus” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Luidji Ferraris” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuv mezbonlarning faolligida boshlandi va tanaffusga qadar ustunlik maydon egalari tomonida boʻldi. Biroq darvozalar dahlsiz qoldi.

Ikkinchi boʻlimda ham genuyaliklar hujum qilishdan toʻxtashmadi. Taym oʻrtalarida “Jenoa” vakillari oʻzgarishni amalga oshirishdi va bu tez orada oʻz samarasini berdi. 72-daqiqada Goran Pendevning uzatmasidan soʻng Stefano Sturaro jarima maydoni tashqarisidan zarba yoʻllab turinliklar darvozasini ishgʻol qildi.

81-daqiqada mezbonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Sherigidan pas qabul qilib olgan Pandev jarima maydoniga kirib bordi va kuchli zarba bilan jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa, turinliklar A Seriyadagi ilk magʻlubiyatlarini qabul qilib oldilar.

A Seriya, 28-tur
Jenoa – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 72 Sturaro, 2:0 – 81 Pandev.
Jenoa – Radu, Zukanovich, Romero, Krishito, Pedru Pereyra, Lerager, Rolon, Radovanovich (Velozu, 75), Lazovich (Sturaro, 70), Sanabriya (Pandev, 60), Kuame.
Yuventus – Perin, Aleks Sandro, Bonuchchi, Rugani, Joau Kanselu (Bernardeski, 60), Pyanich, Bentankur (Spinassola, 77), Jan, Kaseres, Manjukich (Kin, 73), Dibala.
Ogohlantirishlar: Romero (3), Aleks Sandro (5), Kaseres (23), Pandev (82), Jan (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Jenoa” bugun “Yuventus”ning A Seriyadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga nuqta qoʻydi (video)