OFK saytida OChL tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z yakuniga yetdi.
O‘ziga yarasha qiziq kechgan so‘rovnomada hamyurtimiz Ikrom Aliboyevning o‘tgan yil "Loko" tarkibida "Al Vahda"ga urgan goli eng yaxshi bo‘lishga da’vogarlik qildi. Ko‘p sonli muxlislar ovoz berishi natijasida Aliboyev finalga qadar yetib keldi.
Finalda u eronlik Andranik Teymuryan bilan bahs olib bordi. 3 kun ichida 165 mingga yaqin muxlis o‘z ovozlarini berishdi va yakunda Andranik Teymuryan 77 foiz bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikrom Aliboyevning qariyb maydon markazidan kiritgan goli esa OChL tarixidagi eng chiroyli gollar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Aytish mumkinki, Ikrom Aliboyevning goli birinchi bo‘lishga haqli edi, biroq raqib eronlik bo‘lganidan keyin g‘olib chiqish nihoyatda imkonsiz. Chunki Osiyoda ovoz berish bo‘yicha eronlik va vetnamliklarga yetadigani yo‘q. Ushbu so‘rovnomada Teymuryanga 127 ming 451 kishi ovoz berdi. Ikromga esa 37 ming 196 muxlis ovoz bergan.
Ikrom Aliboyev 2018 yilgi OChL guruh bosqichining 1-turida «Al Shabob» darvozasiga maydon markazidan turib gol urgandi. Zarbadan oldin Aliboyev bir futbolchini chiroyli tarzda aldab o‘tishga ham ulgurgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi