AGMK - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Chiroyli, shiddatli va jangovor o‘yin bo‘lishini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi. "Bunyodkor" jamoasini juda yaxshi bilamiz. Birinchi taymda kerakli joylarda to‘pni yo‘qotaverdik, xatolar, qolaversa yomg‘ir...Oddiy vaziyatda gol o‘tkazdik. Lutfulla To‘rayev zarba berdi, Akbar To‘rayevdan bunday xatoni kutmagandim. Futbolda har xil vaziyatlar bo‘ladi. Albatta "Bunyodkor" jamoasi ham yaxshi harakat qildi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman.
Legionerlar nega yo‘q? Ular jamoaga qo‘shilib keta olishmayapti. Umuman qolgan futbolchilar ham bir jamoaga aylana olishmayapti. Buning ustida ishlayapmiz. Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti. Yil boshida kerakli futbolchilarni ololmadik. Dilshodni ham himoyada o‘ynatishga majbur bo‘layapman. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi", - deydi Mirjalol Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi