08:25 / 28.04.2019
3 144

Ronaldu "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Ronaldu "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Inter" – "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Juzeppe Meatssa” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning debyuti mezbonlar uchun omadli keldi. 7-daqiqada Raja Naingolan jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

62-daqiqada Krishtianu Ronaldu Miralem Pyanichning uzatmasidan so‘ng kuchli zarba yo‘lladi va muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, “Inter” 62 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Chempionlik masalasii hal qilib bo‘lan “Yuve” esa 88-ochkosini qo‘lga kiritdi.

Inter – Yuventus 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 7 Nainggolan, 1:1 – 62 Ronaldu.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Asamoa, D`Ambrozio, Shkrinyar, Nainggolan (Valero, 74), Vesino, Brozovich, Perishich, Politano (Joau Mariu, 80), Ikardi (Martines, 82).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro (Spinatssola, 49), Kellini, Joau Kanselu, Pyanich, Kuadrado, Matyuidi (Kin, 60), Djan, Bernardeski (Mateus Pereyra, 86), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kuadrado (40), Perishich (44), Kellini (45), Kin (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi