00:30 / 29.04.2019
3 846

”Lids“ - ”Aston Villa" uchrashuvida siz hech qachon koʻrmagan gol urildi (video)

”Lids“ - ”Aston Villa" uchrashuvida siz hech qachon koʻrmagan gol urildi (video)
Bugun Angliya Chempionship ligasi 45-turidan oʻrin olgan “Lids” - “Aston Villa” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida mehmonlar vakili maydon markazida yiqitildi. Shunga qaramay “Lids” futbolchilari oʻyinni toʻxtatishmadi va hujumga oʻtib gol urishdi. Gol urilishi bilan “Aston Villa” futbolchilari gol muallifi Mateush Klixga tashlanib ketishdi.

Bosh hakam Jon Terri boshchiligidagi jamoa vakili Anvar El Gaziga qizil kartochka koʻrsatdi. “Lids” ustozi Marseo Byelsa oʻz shogirdlariga qimirlamay turishlarini buyurdi va “Aston Villa” osongina hisobni tenglashtirdi. Faqatgina himoyachi Pontus Yansson buyruqqa quloq solmadi.

Quyida ushbu vaziyatni toʻliq tomosha qiling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ”Lids“ - ”Aston Villa" uchrashuvida siz hech qachon koʻrmagan gol urildi (video)