23:37 / 20.06.2019
2 819

Vitaliy Denisov «Rubin»ga o‘tganiga izoh berdi

Vitaliy Denisov «Rubin»ga o‘tganiga izoh berdi
Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubiga o‘tdi.
O‘zbekiston milliy jamoasining 32 yoshli futbolchisi bu voqeaga izoh berdi.

«Bu yangi qadam, yangi chorlov. Hozircha taassurotlarim bilan o‘rtoqlasha olmayman, hali bir narsa deyishga erta.

Umid qilamanki, yangi jamoaga tezroq moslashib ketaman. Futbolchilar va murabbiylar bilan til topishib ketishga harakat qilaman.

Raqobat – har doim yaxshi. Yoshmi, tajribalimi, buning ahamiyati yo‘q. Kimning qaysi nuqtada to‘p tepishini bosh murabbiy hal qiladi. Umid qilamanki, o‘z tajribam bilan murabbiyga yordam beraman va jamoaga foyda keltiraman», - dedi Denisov.

Vitaliy Denisov Toshkentda tug‘ilgan. «Paxtakor» klubida futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. Keyinchalik o‘qishni Moskvaning «Akademik» klubida davom ettirgan. SSKA, «Spartak NN» va «Dnepr» klublarida o‘ynagan. 2013 yildan beri Moskvaning «Lokomotiv» klubi sharafini himoya qilgan. U «temiryo‘lchilar» safida jami 141 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 11 ta golga hammualliflik qilgan. O‘tgan mavsumni u «Krilya Sovetov» klubida ijarada o‘tkazgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi safida 72 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov «Rubin»ga o‘tganiga izoh berdi