06:00 / 09.08.2019
3 367

O‘smirlarimiz boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘smirlarimiz boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Quvaytda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun 8 avgust kuni musobaqa doirasida final janglari bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, 14 ta vazn toifasida o‘tkazilgan final janglarining 12 tasida o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilishdi.

Kun to‘liq ravishda o‘zbek yigitlariga ataldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bahslarda ringga chiqqan 12 nafar bokschimizning 10 nafari raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Ikki nafar bokschimiz kumush, yana ikkisi bronza medaliga ega chiqdi, deya ma’lum qilmoqda boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilarimiz:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To‘laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziyev
-61 kg: Mirzob Nekboyev
-64 kg: Shavkatjon Boltayev

Kumush medal egalari:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullayev

Bronza medal egalari:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘smirlarimiz boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi