Xabaringiz bor, "Tottenxem" Maurisio Pochettino iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Joze Mourinoni taklif qildi.
O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu voqelikka quyidagicha fikr bildirdi.
- Hayotda shunday tushunarsiz vaziyatlar bo‘lib turar ekan. "Tottenxem" Angliyada top-to‘rtlikdan tashqaridagi kuchli o‘rtamiyonadan top-oltilikning stabil a’zosigacha bo‘lgan yo‘lni Maurisio Pochettino bilan birga bosib o‘tdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashuvchi pozitsiyasidan shu turnir finalchisi darajasiga yetdi. "Tottenxem" top-6 ichida byudjeti kamrog‘i, lekin to‘rtinchi o‘rindan pastga tushmasdi. Stadion qurilayotganda transferga mablag‘ ajratilmadi umuman. "Shporlar" yoqimli futbol namoyish etib kelishdi, ya’ni - biz kuchsizmiz, deb ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashni odat qilishmadi. Pochettino barqaror o‘sishga erishayotgandi.
Uni bo‘shatish fikri Levida qayerdan paydo bo‘ldi? Omadsiz startmi? Balki. Lekin, real olib qaraganda, bu mavsum "Liverpul" va "Manchester Siti"ga bas kelish qiyinligini hamma tushunyapti. "Tottenxem"ga Joze Mourino murabbiy bo‘ldi. Bundan hulosa - klub imkoniyatlari kengayadi. Pochettino bor imkoniyatdan maksimal foydalanardi. Mourino esa talabni katta qo‘yadi. Talabga yarasha titullar ham yuta oladi. TOP murabbiy! Maurisioga esa bir narsa yetishmadi - titul. Faqat bitta tomoni menga yoqmadi, og‘ir davrda jamoani tortgan Pochettinoga nisbatan yetarlicha hurmat ko‘rsatilmagani. Shuni hisobga olmasa, qolgani yaxshi.
Pochettino "Tottenxem"dan kam bo‘lmagan jamoada ishlasa kerak. Mourino joyiga keldi, qadriyatlar hali o‘yin uslubigacha ta’sir qiladigan darajada ildiz otmagan, yutuqlarga to‘ymagan klub. Yo‘nalishni o‘zi belgilaydi. Uchinchi tomon - klubning o‘zi. Uning foyda zararini esa vaqt ko‘rsatadi. Maur ketdi, Maur keldi, - deya yozib qoldirgan Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi