02:50 / 03.12.2019
3 261

Messi – 6 karra «Oltin to’p» sohibi

Messi – 6 karra «Oltin to’p» sohibi
«Barselona» hamda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi France Football tomonidan o’tkazilgan 2019 yilgi «Oltin to’p» sovriniga munosib ko’rildi. Bu Leoning faoliyatidagi oltinchi «Oltin to’p»dir.

32 yoshl argentinalik futbolchi ovoz berish natijalariga ko’ra «Liverpul » himoyachisi Virjil van Deyk va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Eslatib o’tamiz, Messi sentyabr oyi oxirida FIFA tomonidan 2018/2019 yilgi mavsumning eng yaxshi o’yinchisi – The Best sovriniga ham loyiq ko’rilgan edi.

«Oltin to’p - 2019» so’rovnomasi reytingi:

1. Lionel Messi (Argentina, «Barselona»)
2. Virjil van Deyk (Niderlandiya, «Liverpul »)
3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus»)
4. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul »)
5. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul »)
6. Kilian Mbappe (Frantsiya, «PSJ»)
7. Alisson (Braziliya, «Liverpul »)
8. Robert Levandovski (Pol sha,
«Bavariya»)
9. Bernardo Silva (Portugaliya, «Manchester Siti»)
10. Riyad Marez (Jazoir, «Manchester Siti»)

Shuningdek, Parijda o’tgan marosimda quyidagi nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar e'lon qilindi:

«Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» – Megan Rapino (AQSh)
«Yilning eng yaxshi darvozaboni» (Lev Yashin sovrini) – Alisson Beker (Braziliya, «Liverpul »)
«21 yoshgacha bo’lgan eng yaxshi yosh futbolchi» («Copa Trophy») – Matteys de Ligt («Ayaks»/«Yuventus», Niderlandiya)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi – 6 karra «Oltin to’p» sohibi