O’zbekiston terma jamoasi va "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada uylanadi.
Bu haqda Rostov klubi ustozi Valeriy Karpin "Match TV"dagi "8-16" ko’rsatuvida ma'lum qildi.
Boshlovchi: Shomurodov uzoq vaqtdan beri gol urmayapti. Uning o’yinida pasayish kuzatilyaptimi yoki bu vaziyatga bog’liq narsami?
Karpin: Uning o’yiniga, vaziyatlar soniga hech qanday e'tiroz yo’q. Vaziyat ko’p bo’lsa bo’lgandir, lekin kamaymadi. O’zim ham futbol o’ynaganman. O’sha davrlarda 6 oy gol ura olmaganman. Keyin raqib darvozasini ishg’ol qildim va navbatdagi 3ta bahsda ham o’z hisobimga gol yozdirib qo’ydim. Omad degan narsalar bor. Gol urgan paytlaringizdagidek o’ynaysiz, ammo gol urmaysiz. Bundan tashqari futbolga ta'sir ko’rsatuvchi tashqi omillar ham bor. Masalan, murabbiy o’zicha turli rejalar tuzib, hammaga rol ajratib beradi. Ammo o’sha o’yinchi xotini bilan urishib qolgan yoki farzandi kasal bo’ladi. Hammamiz odammiz. Futbolni insonlar o’ynaydi. Shomurodov 28 dekabr kuni uylanadi. U roppa-rosa 2 oy oldin kelin bilan tanishgan ekan. Bu ta'sir qiladimi yoki yo’q, bilmayman. Sobiq ittifoq davrida futbolchi uylansa, bir yil uning o’yinida pasayish kuzatilardi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi