19:37 / 06.05.2024
432

Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi

Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Foto: “TASS”
Rossiya qo‘shinlari 6 may kuni Ukraina sharqida ikkita aholi punktini bosib olgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida 6 may kuni Xarkov viloyatidagi Kotlyarovka va Donetskning Solovyovo hududlarini egallab olgan. Hududni nazorat qilib turgan Ukraina harbiy qismlari ortga chekingan.

G‘arbiy jangovar guruh bo‘linmalari faol amaliyotlarda Xarkov viloyatidagi Kotlyarovka hududini ozod qildi. Markaziy harbiy bo‘linmalar muvaffaqiyatli amaliyotlar natijasida Donetsk ning Solovyovo qishlog‘ini ham egalladi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning Su-27 qiruvchi samolyoti va 23 ta uchuvchisiz uchish qurilmalarini urib tushirgani xabar qilingan. Uchuvchisiz qurilmalar asosan chegaraoldi hududlarida to‘xtatib qolingan.

Ko‘plab rus nashrlari Rossiya armiyasi Kupyansk hududidagi front pozitsiyalarini mustahkamlayotganini yozgan. Ushbu hududda Ukraina kuchlarining uchta hujumi qaytarilgani xabar qilingan.

"Rossiyaning “G‘arbiy jangovar guruh” bo‘linmalari frontoldi pozitsiyalarini mustahkamladi va Xarkov viloyati, Stelmaxovka, Kupyansk aholi punktlari yaqinida Ukraina armiyasining 14, 44 va 66-mexanizatsiyalashtirilgan brigadalari va 119-hududiy mudofaa brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga talafotlar yetkazdi", — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi