3 095
Fazliddin G‘oibnazarov ringga qaytdi va birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi (video)
2016 yilgi Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO) Olmaotadagi boks kechasida ringga chiqdi.
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschiga ukrainalik Vladislav Baranov (6-5-2, 4 KO) raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq G‘oibnazarovning g‘alabasi bilan yakunlandi: uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan bokschi Baranovni kuchli zarbasi bilan qiyin ahvolga solib qo‘ydi va referi texnik nokaut holatini qayd etdi.
Shu tariqa, Fazliddin profi-ringdagi g‘alabalari sonini 8taga yetkazdi, shundan 5tasi — muddatidan avvalgi g‘alabalar.
Eslatib o‘tamiz Fazliddin G‘oibnazarov professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatini shu yilning mayida Maykal Foksdan (21-1, 5 KO) qabul qilib olgandi, u amerikalik bokschiga qarshi kechgan 10 raundlik jang yakunida ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda