22:06 / 06.01.2020
2 808

Ronaldu xet-trik qayd etgan bahsda "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ronaldu xet-trik qayd etgan bahsda "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi 18-turidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Kalyari" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Alyans Stedium"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu mazkur bellashuvda xet-trik muallifi bo‘lgan bo‘lsa, yana bir gol portugaliyalik yulduzning uzatmasidan so‘ng Gonsalo Iguain tomonidan kiritildi.

Shu tariqa turinliklar hisobidagi ochkolar soni 45 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 29 ochkosi bor "Kalyari" esa 6-pog‘onadan joy olgan.

Yuventus – Kalyari 4:0
Gollar:
1:0 – 49 Ronaldu, 2:0 – 67, penalti Ronaldu, 3:0 – 81 Iguain, 4:0 – 82 Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, Demiral, Bonuchchi, Matyuidi (Djan, 83), Kuadrado, Remzi (Duglas Kosta, 80), Rabo, Pyanich, Dibala (Iguain, 70), Ronaldu.
Kalyari – Olsen, Pellegrini, Klavan, Valyukevich, Kachchatore (Farago, 61), Nandes, Rog, Chigarini (Oliva, 85), Nainggolan, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 80).
Ogohlantirish: Rabo (41), Joao Pedro (48).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu xet-trik qayd etgan bahsda "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozondi