11:45 / 11.01.2020
2 398

Davron Fayziyev Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJning plyus va minuslari haqida

Davron Fayziyev Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJning plyus va minuslari haqida
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki turda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi bahsda durang o‘ynadi.
Bellashuvdan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin borasida fikrlarini yozib qoldirdi.

- Demak, 1:1. Yutuq va kamchiliklar soni teng kelganda durang qayd etiladi, degan xulosaga keldim o‘yinni ko‘rib.

Minuslar - o‘yinga kech kirishildi, 1-taymning yarmigacha o‘z darajamizga chiqishga qiynaldik. Ustunlikni to‘liq qo‘lga olgach minimal vaziyatdan gol urishni (ayniqsa bunday kuchli raqibga) uddalamadik, aksincha maksimal imkoniyat - minimum gol. Himoyaviy harakatlarda bog‘liqlik masalasida uzilishlar ko‘p bo‘ldi. Natijada Eron ham bir necha bor yorib kirdi. Urolmadi. Yaxshi. Qanday kamchiliklarni tuzatish kerakligini ko‘rsatishdi. Boshqalar urishi mumkin.

Plyuslar - birinchi o‘yinda asosiy raqiblardan birini uchrashuv oxirigacha bosimda ushlab turish, jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur etish va Eron durangni ushlash uchun turli choralarni qo‘llagani. Oxirgi daqiqalarda charchoqqa qaramay g‘alabani sug‘urib olishga intilish bo‘ldi. Individual o‘ynashga intilish, ha bugun bu ba’zida o‘rnida bo‘lmagandir, lekin joyi keladi va aynan individuallik yordam berishi mumkin. Ba’zida jarima maydoniga kombinatsion o‘yin orqali kirilganda paslar yaxshi bo‘ldi. Demak, driblinglar va kombinatsiyalar miks qilinsa yomon bo‘lmaydi.

Endi umumiy xulosa. Guruh rostdan ham og‘ir. Jiddiy “Chellendj”. Ammo bollarda uni yengib o‘tishga potensial ko‘ryapman. Uni ochish kerak. Yaxshi yigitlar. Yaxshi jamoa.

Bilaman va sezaman, ushbu kanal o‘quvchilari aksariyati futbolni yuqori darajada tushunadi. Aynan shunday muxlislar ko‘magi va to‘g‘ri yondoshuvi kerak hozir olimpiyachilarga. Tahlil, xulosa, fikr, reja va g‘alaba! Davom etamiz
, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJning plyus va minuslari haqida