23:12 / 29.01.2020
3 144

"Paxtakor" BAAdagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini J.Koreya klubiga qarshi o‘tkazdi

"Paxtakor" BAAdagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini J.Koreya klubiga qarshi o‘tkazdi
BAA yig‘inini "Paxtakor" J.Koreya klubi ustidan g‘alaba bilan yakunladi.
Koreya yuqori ligasi ishtirokchisi va joriy mavsum Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa bilan bellashuv qiziqarli kechdi. 12-daqiqada Masharipov oshirgan to‘pni Cheran darvozaning yuqori qismiga aniq yo‘lladi va hisobni ochdi. Keyinchalik ham to‘pni nazorat qilish evaziga bir necha imkoniyatlarga ega bo‘lgan "sherlar" ulardan foydalana olmadi. Bahsda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa "Paxtakor" yig‘inni g‘alaba bilan yakunladi.

30 yanvar kuni Toshkentga qaytib keladigan "Paxtakor" Chempionlar ligasining 1-turida "Shabab Al Ahli"ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

"PAXTAKOR" - "SUVON SAMSUNG" - 1:0
Gol:
Cheran 12.
"Paxtakor": Suyunov, Salimov, Eshmurodov (A’zamov, 58), Krimes (Ismoilov, 68), Sayfiyev, Hamrobekov, Iminov, Hamdamov (Sobirjonov, 85), Cheran, Masharipov, Sergeyev (Derdiyok, 58).

Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" BAAdagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini J.Koreya klubiga qarshi o‘tkazdi