Yevropada koronavirus tarqalishi jadallashadigan bo‘lsa, UYEFA o‘z tasarrufidagi barcha musobaqalarni qoldirishi mumkin.
Shunday musobaqalar sirasiga futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Yevro-2020 musobaqasi ham kiradi. Ayni vaqtda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirganlardan 7 nafari vafot etgan.
«Biz voqealar jarayonini kuzatib bormoqdamiz. Futbol bunday vaqtda vaziyatga moslashishi lozim. Biz musobaqalarni bekor qilmaslikka harakat qilamiz. Ammo vaziyat jiddiylashadigan bo‘lsa, tanlash imkoni qolmaydi», — deydi UYEFA vitse-prezidenti Mishel Uva.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati qit’aning 12 mamlakatida o‘tkazilishi lozim edi. Musobaqaning ochilish bahsi esa Rimda o‘tishi rejalashtirilgan.
Biroz vaqt muqaddam A seriya doirasidagi «Yuventus» — «Inter» o‘yini qoldirilgani xabar qilingan edi. E’tiborli tomoni, «Yuventus» rahbariyati qoldirilgan o‘yin chiptalari pulini muxlislarga qaytarmaslikka qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi