28 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi Sam's Town Hotel & Gambling Hall boks majmuasida navbatdagi professional boks musobaqasi o‘tkaziladi, deya xabar tarqatdi vRINGe.com sayti. E’tiborlisi, musobaqaning markaziy jangida -63,5 kg vazn toifasida xamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov amerikalik Kit Xanter bilan ro‘baro‘ keladi.
Faoliyati mobaynida Kit Xanter 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi Rahmonov esa profi boksda 15 ta jangning 12 tasini g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va bitta durang bilan yakunlagan. Hamyurtimizning 2 ta mag‘lubiyatidan bittasiga aynan Xanterdan 2019 yilda uchraganligini inobatga olsak, jang murosasiz kechishi shubhasiz.
29 fevral kuni esa AQSHning Texas shtati Frisko shahridagi The Ford Center at The Star boks majmuasida esa hamyurtimiz Isroil Madrimov venesuelalik 40 yoshli Charli Navarro bilan -69,9 kg vazn toifasida bahslashadi. Ahamiyatlisi, ushbu bellashuv WBA chempionlik kamari uchun da’vogarni aniqlash uchrashuvi ekanligi bilan ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Xuddi shuningdek, aynan 29 fevralda yana bir qator yosh professional bokschilarimizdan Olimjon Nazarov, Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov Kambodjaning Bavet shahridagi bellashuvlarda ishtirok etishadi. Olimjon Nazarov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini filippinlik Orli Silvestrdan himoya qilsa, Ravshanbek Shermatov va Abdurasul Ismoilov mahalliy bokschilarga qarshi reyting janglarini o‘tkazishadi.
To‘lqin RO‘ZIYEV
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi