13:49 / 07.04.2020
2 571

Mahmud Murodov: «Meyvezer hayotda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringanidek emas»

Mahmud Murodov: «Meyvezer hayotda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringanidek emas»
Foto: Instagram
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezerning xarakteri borasida fikr bildirdi.
«Meyvezer hayotda ijtimoiy tarmoq yoki kamera qarshisidagidek emas. Faraz qilamiz. Floydga yosh yigit yaqinlashib kelib, shunday deydi: «Seni muxlisingman, suratga tushsak bo‘ladimi?». Meyvezer muammosiz u bilan suratga tushadi.

Unga qanday erkak yaqinlashib: «Hoy, Floyd yaqinroq kel, suratga tushamiz», desa Floyd shunday javob qiladi: «Nega mendan xol ahvol so‘ramayapsan?».

U hech narsani shunchaki bajarmaydi, uning uchun hurmat juda muhim. Restoranda Meyvezer hamma bilan so‘rashib chiqadi. Ofitsiantlar bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Ovqatlanadi, barchaga choy-chaqa beradi.
Ko‘chada gadoyni ko‘rib qolsa, unga pul beradi va «ishlaring qalay?» deb so‘raydi
», — deydi Murodov.

Eslatib o‘tamiz, UFC’da harakat qilayotgan o‘zbekistonlik ilk va yagona sportchi Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov: «Meyvezer hayotda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringanidek emas»