Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.
Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi vahokazo. Xo‘sh bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.
Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. O‘FA matbuot xizmati rahbari va “Futbol TV” telekanali sharhlovchisi Davron Fayziyev savollarimizga javob berdi.
- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?
- Bunaqa qattiq stressdan keyin futbol ham ancha vaqt o‘ziga kela olmaydi. Bu birinchidan muxlislarga ta’sir qiladi. Chunki virus o‘zidan-o‘zi kamayib qolmayapti. Demak, ishqibozlar birdaniga stadionda paydo bo‘lib qolmaydi. Dastlab muxlislarsiz futbol, tomoshabinlarga ruxsat berilganidan keyin ma’lum bir darajada chegirmalar qo‘llaniladi. Xullas muxlislik borasida futbol ko‘p narsa yo‘qotadi va yaqin vaqt ichida o‘ziga kelishi qiyin. Bu gap ham xorij, ham o‘zbek futboliga tegishli.
Lekin bu davr o‘tib ketadi. Vaqti kelib, biz biladigan, biz sog‘ingan, muxlislar uchun bayram tarzidagi futbolga qaytamiz. Balki bunga bir yil vaqt ketar. Mayli unga qancha vaqt talab etilsa ham. Lekin yakunda odatiy futbolga qaytamiz.
- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?
- Hammasi yurtimizdagi vaziyatga va O‘zbekiston hukumatining qarorlariga bog‘liq. Ya’ni karantinning tugatilishi, ommaviy, sport tadbirlariga ruxsat berilishiga. Biz taklif bildirishimiz mumkin. Biroq barchasi qonun doirasida qilinadi. Shu bois bu borada taxmin qilmagan bo‘lardim.
Lekin o‘ylashimcha, virus tarqalishi to‘xtatilgandan so‘ng ma’lum bir vaqt o‘tgach, mashg‘ulotlarga klublarni qaytargandan holda bir oydan keyin sekin-sekin muxlislarsiz o‘yinlar boshlansa kerak. Yevropaning ba’zi bir davlatlari ana shunday reja tuzmoqda.
- Yevropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?
- Bunda har bitta chempionat individual yondoshadi. Masalan, Italiyada chempionni aniqlash va o‘yinlar o‘tkazish kerak. Hozir mana shu joyda A seriyani tugatib turib, chempion aniqlansa, ayrim klublarning katta e’tiroziga sabab bo‘ladi. Shuning uchun Italiya boshqa ligalardan ko‘ra deylik, Fransiya, Germaniya, Angliya kabi yaqqol lideri borlardan farqli ravishda mavsumni davom ettirmoqchi.
O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror. Fransiya, Niderlandiya, Belgiya shoshdi. Ozgina kutganda, bilki vaziyat ijobiy hal etilardi. Biroq ular ichki birinchilikni taqa-taq to‘xtatishga qaror qilishdi. Italiya esa aksincha, A seriyani davom ettirishga birinchi qadamlarni tashlamoqda. Individual mashg‘ulotlar bazada, maydonda qilish mumkin degan qarorlar chiqmoqda. Shuning uchun bu chempionni aniqlashga ham bog‘liq.
Lekin ayrim ligalarning shartnomalari bor. Katta pul yo‘qotadi. Ayniqsa APL. Garchi Angliya birinchilikni hozir to‘xtatib, “Liverpul”ni chempion, deb e’lon qilsa hech kim e’tiroz bildirmasa-da, inglizlar mavsumni davom ettirish niyatlari bor. Ular bu borada reja tuzishgan. Negaki, Angliyada chempionatlarning davom etishi pulga bog‘liq. APL rahbarlari katta pul yo‘qotishdan cho‘chishsa kerak.
- Chempionatlarda chempionni qay tarzda aniqlash kerak, deb hisoblaysiz?
- Yuqoridan aytib o‘tdim, har bir ligada vaziyat turlicha. Ya’ni bazi chempionatlarda yaqqol yetakchilar bor. Jamoalar o‘rtasidagi farq juda katta. Ana shu birinchiliklarda mavsumni to‘tatish kerak bo‘lsa, chempion aniqlansa to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq tengma-teng har bitta pozitsiyalar uchun kurash kechayotgan chempionatlarni kelgan joyidan natijasini chiqarib qo‘yish noto‘g‘ri. Vaziyatga qarash kerak. Shaxsiy fikrimni aytsam, chempionatlarni davom ettirilishining tarafdoriman. Mayli o‘yinlar iyul, avgustgacha cho‘zilar, lekin mavsumni tugatib qo‘yish kerak, deb o‘ylayman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...