
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari uchun Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqarildi. Bu haqda milliy jamoaning matbuot xizmati xabar berdi.
Yamal tibbiy sabablarga ko‘ra Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchining qovuq sohasi noqulayligini davolash uchun tibbiy muolaja o‘tkazilgan, ammo bu jarayon terma jamoa shifokorlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilmagan.
Shu sababli, Yamal tarkibdan chiqarilgan va unga 7-10 kun davomida tiklanish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Luis de la Fuyente jamoasi 15 noyabr kuni Jahon chempionati-2026 saralashining beshinchi turida safarda Gruziya bilan uchrashadi. 18-noyabrda esa Turkiyani o‘z maydonida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar