
Qatarda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-tur uchrashuvlari qizg‘in ruhda boshlandi. Bir qator terma jamoalar keyingi bosqich masalasini hal etgan bo‘lsa, ayrim mamlakatlar hali ham pley-offga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.
A guruhida Italiya yoshlari yana bir bor o‘z kuchini namoyish etdi. Ular Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa italiyaliklar guruhda 9 ochko to‘plab, 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga ilk bo‘lib yo‘l oldi.
Italiya — JAR 3:1
Gollar: Inasio (4, 58), Arena (55) — Els (32).
Guruhning ikkinchi bahsida Qatar Boliviya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bu natija orqali mezbonlar pley-offga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi va endi faqat boshqa guruhlardagi natijalarga umid qilishmoqda.
Qatar — Boliviya 0:0
В guruhidagi eng katta intriga Yaponiya va Portugaliya o‘rtasida kechdi. Samuraylar ikkinchi taymdagi aniq zarbalar orqali raqibni 2:1 hisobida mag‘lub etib, peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo‘llandi. Portugaliya esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Portugaliya — Yaponiya 1:2
Gollar: Zeega (80) — Vaada (35), Seguchi (45).
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Marokash Yangi Kaledoniya darvozasiga haqiqiy gol yomg‘irini yog‘dirdi — 16:0. Afrikalik yoshlar 80 ta zarba yo‘llash orqali tarixdagi eng yirik hisoblardan birini qayd etdi va eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qatorida pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Marokash — Yangi Kaledoniya 16:0
Gollar: Sukrat (3), Ibn Saloh (11, 18), Eddaudi (41, 42), Hidaui (44), Baha (45+2, 50), Al Halfiui (48), Haddani (56, 59), Uzane (73, 90+2), Endryu (76, avtogol), Al Aud (80, 90)
С guruhida Senegal o‘smirlari o‘z so‘zini aytdi. Ular BAA darvozasini 5 bor ishg‘ol etib, kuchli o‘yin namoyish etdi. Sonko xet-trik qayd etib, jamoasining asosiy qahramoniga aylandi.
BAA — Senegal 0:5
Gollar: Sisse (14, penalti), Sonko (19, 41, 60), Mendi (74).
Shu guruhda Xorvatiya ham 3:1 hisobida Kosta-Rikani mag‘lub etdi va 7 ochko bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xorvatiya — Kosta-Rika 3:1
Gollar: Rados (36), Kumar (55), Kusanovich (89) — Kordero (58).
D guruhida Janubiy Amerika grandi Argentina Fijiga qarshi bahsda tom ma’nodagi mahorat darsini ko‘rsatdi. Ushbu bahs 7:0 hisobida yakunlandi. Argentinalik Ojeda xet-trik qayd etdi, Martines va Silveyra esa jamoa hisobini mukammal natijaga yetkazdi. Shu orqali Argentina 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib, pley-offga chiqdi.
Fiji — Argentina 0:7
Gollar: Ojeda (17, 57, 88), Martines (30, 44), Silveyra (89), Fou (90+1, avtogol).
Belgiya esa Tunisni 2:0 hisobida mag‘lub etib, 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni mustahkamladi.
Belgiya — Tunis 2:0
Gollar: Fernandes (1), Kamara (55).
Jahon chempionatida hozircha 8ta jamoa — Italiya, Yaponiya, Argentina, Senegal, AQSH, Portugaliya, Avstriya va Braziliya keyingi bosqichga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan guruhlardagi bahslar natijasi esa chorak final oldidan intrigani yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Yoshlar mundialidagi har bir o‘yin nafaqat gollarga, balki yangi nomlar va kelajak yulduzlariga boy bo‘lmoqda — aynan shu jihat uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!