"Real" himoyachisi: Mening qiz do‘stim yo‘q...

"Real" himoyachisi: Mening qiz do‘stim yo‘q...
Qisqacha

“Real”ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Din Xyoysen matbuotni o‘qimasligi, oddiy hayot kechirishi va qiz do‘sti yo‘qligini aytdi. U ijtimoiy tarmoqlarda faqat futbolga oid narsalarni e’lon qilishini, eng ko‘p esa PlayStation o‘ynab dam olishini bildirdi. Xyoysen “Real” safida yoz faslidan buyon o‘ynab, 18 uchrashuvda bitta golli uzatma amalga oshirgan. “Real” La Ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi “Barselona”ni uch ochkoga ortda qoldirgan.

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi. 20 yoshli futbolchining aytishicha, u matbuotni o‘qimaydi.

- "Real" dunyoning eng katta klubi, shuning uchun atrofda ko‘plab gap-so‘zlar bo‘lishi tabiiy. Men matbuotni o‘qimayman. Oddiy hayot kechiraman: mashg‘ulotlarga boraman, uyga qaytaman – va tamom. Mening qiz do‘stim yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda faqat futbol bilan bog‘liq narsalarni e’lon qilaman. Meni eng ko‘p dam oldiradigan narsa esa PlayStation o‘ynashdir", – dedi Xyoysen Radio Marca bilan suhbatda.

Din Xyoysen "Real" safida yoz faslidan buyon o‘ynaydi. Madrid jamoasi safida qatnashgan 18 uchrashuvda u bitta golli uzatma amalga oshirgan.

"Real" ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rinda borayotgan "Barselona"ni uch ochkoga ortda qoldirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar