date

Yevropaning yetakchi nashrlari O‘zbekiston U-17 jamoasini maqtadi

Yevropaning yetakchi nashrlari O‘zbekiston U-17 jamoasini maqtadi

Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi muxlislar yuragini yana quvonchga to‘ldirdi. Guruh bosqichining 3-turida Panamani 6:1 hisobida taslim etgan yoshlarimiz nafaqat pley-off yo‘llanmasiga, balki xalqaro OAVning katta e’tiboriga ham sazovor bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng Yevropaning bir qator yetakchi sport nashrlari o‘zbek yoshlarining g‘alabasini yuksak baholadi. Xususan, Ispaniyaning mashhur “AS” gazetasi bu uchrashuv haqida tahliliy maqola chop etib, O‘zbekiston terma jamoasining harakatini alohida qayd etdi.

Nashr shunday yozadi:

“Panama mundialda tarixiy mag‘lubiyatga uchradi, O‘zbekiston esa guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Panama katta terma jamoasi bilan yaxshi natijalar qayd etsa-da, yoshlar darajasida bu safar omadsiz ishtirok etdi. U-17 jamoasi Qatardagi chempionatda O‘zbekistonga 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, tarixdagi eng og‘ir natijalardan birini qayd etdi”.

Tahlilda ta’kidlanishicha, Panama himoyasidagi xatolar va samarasiz hujumlar raqibni ustunlikka olib keldi. Jamoa uchta o‘yinda birorta ochko to‘play olmadi va -9 gol farqi bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qoldi.

“AS” yozishicha, uchrashuvda statistikada juda katta farq bo‘lmasa-da, o‘yindagi ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘lgan. Yosh talant Sayfiddin Sodiqov butun qanot bo‘ylab faol harakat qilib, raqib himoya tizimini izdan chiqargan. U bitta gol urdi, yana biriga aniq pas berdi va maydondagi yetakchiga aylandi.

Shuningdek, nashr o‘z tahlilida O‘zbekistonning umumiy natijasini ham ta’kidladi:

“O‘zbekiston U-17 jamoasi guruh bosqichini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi. Bu Osiyo futboli uchun muhim burilish nuqtasi. Katta terma jamoa ham tarixda birinchi marta 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi”.

Maqolada, shuningdek, “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Abdukodir Xusanovning faoliyati ham tilga olindi. “AS” yozishicha, u o‘zining intizomi va yetakchilik fazilatlari bilan nafaqat yoshlar, balki milliy jamoa uchun ham umid uyg‘otadi.

Bu e’tiroflar o‘zbek futboli uchun muhim ahamiyatga ega. Yoshlar termasi nafaqat g‘alaba bilan, balki Yevropa matbuoti e’tirofi bilan ham o‘z nomi bilan tarixga kirib bormoqda.

O‘zbekiston muxlislari uchun bu jamoa — yangi avlodning iftixori va kelajak umidi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropaning yetakchi nashrlari O‘zbekiston U-17 jamoasini maqtadi