date

Kim Kardashyanning boyligi 1,9 milliard dollarga yetdi


Kim Kardashyanning boyligi kiyim-kechak brendi Skims uchun o'tkazilgan investitsiya raundidan so'ng 1,9 milliard dollarga yetdi, deb xabar beradi Forbes. Nashrning hisob-kitoblariga ko'ra, biznes ayolning moliyaviy kapitali aynan shu darajaga baholangan.

Skims brendi ichki kiyim va kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, yaqinda qo'shimcha 225 million dollar investitsiya jalb qildi. Oxirgi kelishuv natijasida kompaniyaning umumiy qiymati 5 milliard dollarga yetdi.

"Biz Skimsni yangi bosqichga olib chiqishni, innovatsiyalarni davom ettirishni va sohaga yangi standartlar o'rnatishni intiqlik bilan kutmoqdamiz", — dedi Kim Kardashyan, u brendning bosh ijodiy direktori lavozimini egallab keladi. Kim Kardashyanning boyligining asosiy qismi Skims bilan bog'liq bo'lsa-da, u o'zining biznes imperiyasini faol kengaytirmoqda.

Yaqinda u terini parvarishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi SKKN By Kim liniyasidagi Coty kompaniyasi ulushini sotib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kim Kardashyanning boyligi 1,9 milliard dollarga yetdi