
Inter Mayami hujumchisi, argentinalik yulduz Lionel Messi yaqinda rekonstruksiya qilingan Barselonaning mashhur "Kamp Nou" stadionini ziyorat qildi. Messi ijtimoiy tarmoqlarda: "Men juda sogʻingan joyni ziyorat qildim.
Bu yerda o'zimni juda baxtli his qilganman. Umid qilamanki, yana qaytib kelaman, va nafaqat futbolchi sifatida xayrlashish uchun", - deb yozib qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilga qadar "Barselona" sharafini himoya qilgan edi. 2023 yilning yozida esa u "Inter Mayami" futbolchisiga aylandi.
Uning AQSh klubi bilan shartnomasi 2028 yilning dekabrigacha davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar