
Italiyaning "Peskara" klubi bosh murabbiyini isteʼfoga chiqargani haqida avval xabar berilgandi. Endilikda klub rahbariyati jamoani boshqarishga rozi boʻladigan yangi mutaxassisni izlamoqda.
Eng asosiy nomzod sifatida "Napoli"ning sobiq futbolchisi Paolo Kannavaro koʻrilmoqda. "Delfinlar" rahbariyatining Kannavaro bilan aloqalari haqida taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skira maʼlum qilgan.
Shuningdek, Francesco Modesto va Jorjo Gorgone kabi mutaxassislar ham muhokamada. "Peskara" oxirgi marta 2016/2017-yilgi mavsumda Italiya oliy ligasi – A Seriyasida qatnashgan.
Hozirda esa jamoa B Seriyada ishtirok etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing