date

Fabio Kannavaro yangi yordamchini ishga oldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘zbek futboliga moslashishda davom etmoqda. Italiyalik mutaxassis o‘ziga yangi yordamchini ishga oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, terma jamoada yana bir italiyalik mutaxassis ish boshlagan – Karlo Alberto Bertone jamoada tahlilchi bo‘lib ish olib boradi. U bu lavozimga tayinlanishidan oldin «Bunyodkor» klubida ishlagan.

Kannavaro o‘zbek futbolchilari haqida tahliliy ma’lumotlarni yig‘ishga va ularning imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganishga e’tibor qaratmoqda. Eslatib o‘tamiz, Kannavaro joriy yilning oktabr oyida milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Shuningdek, avvalgi bosh murabbiy Temur Kapadze terma jamoani rasman tark etganini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro yangi yordamchini ishga oldi