10:35 / 31.05.2020
3 634

Aziz G‘aniyev va Otabek Shukurov "Nasaf"da

Aziz G‘aniyev va Otabek Shukurov "Nasaf"da
BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan ikki nafar legionerimiz ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi.
"Sharja" yarim himoyachisi Otabek Shukurov va "Shabab Al Ahli" vakili Azizjon G‘aniyev pandemiya tufayli bir necha kun oldin yurtimizga qaytishgan va 14 kun karantinda bo‘lishgan. Hozirga qadar yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan futbolchilar formalarini ushlab turish uchun "Nasaf" klubi mashg‘ulotlariga qo‘shilishadi.

"Nasaf" futbol klubi murabbiylar shtabi va barcha futbolchilar bir necha kun oldin koronavirus uchun test topshirishgan. Hech qaysi shaxsda virus aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, BAAda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat o‘yinlari avgust oyiga qadar qoldirilgan. BAA chempionatida 19ta tur ortda qolgan va klublar yana 7ta turni o‘tkazishlari lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz G‘aniyev va Otabek Shukurov "Nasaf"da