21:44 / 13.06.2020
2 681

Tayson Fyuri: «Uaylderdan ancha ustun edim»

Tayson Fyuri: «Uaylderdan ancha ustun edim»
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylder bilan ehtimoliy uchinchi jangi haqida gapirdi.
«Men Uaylder bilan bo‘lgan jangimni boshidan oxirigacha, taxminan, 10 marotaba tomosha qildim. Chunki o‘zim qilgan ishni o‘rganishni yoqtiraman. Men undan ancha ustun edim.

Uchinchi jangga ikkinchisi qaraganda yaxshiroq tayyorlanyapman, boisi bu Uaylderning kamarini tortib olishi uchun so‘nggi imkoniyati. Men bu jangni qabul qilishim va dastlabki ikki jangga qaraganda yaxshiroq tayyor bo‘lishim kerak. Uch martadan jang o‘tkazib, dastlabkilarida osonlikcha g‘alaba qozongani uchun oxirgi jangida yutqazib qo‘ygan ko‘plab chempionlarni bilaman. Men ushbu ro‘yxatga kirishni xohlamayman
», — deydi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda g‘olib nomi aniqlanmagandi. 2020 yilning fevral oyida o‘tkazilgan ikkinchi jangda esa Fyuri Uaylderni yettinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan va WBC chempionlik kamarini undan tortib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyuri: «Uaylderdan ancha ustun edim»