07:53 / 18.07.2020
2 867

O‘zbek legioneri chempionat kashfiyoti!

O‘zbek legioneri chempionat kashfiyoti!
Rossiyalik futbol ekspertlari mavsumda premer-liga jamoalarining joriy mavsumdagi eng yaxshi transferlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan Oston O‘runov ham xorijlik mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.

- “Ufa”ning 19 yoshli futbolchisi Oston O‘runov Rossiya chempionatining haqiqiy kashfiyoti. 19 yoshli futbolchi fevral oyida Toshkentning “Lokomotiv”idan 200 ming yevro evaziga “Ufa”ga olib kelingan edi. Rossiya chempionatida boshqa klublardan olib kelingan iste’dod egalarining o‘zini ko‘rsata olmay, keyinchalik ko‘rinmay qolishini juda ko‘p kuzatganmiz.

Lekin Oston premer-ligadagi faoliyatini sensatsion tarzda boshladi. Uning o‘yin uslubida jismoniy ko‘rsatkichlari yuqori texnika bilan uyg‘unlashib ketgani odamni hayratga soladi. U o‘ta mehnatkash va yosh bo‘lishiga qaramay, pozitsiyani to‘g‘ri tanlay oladi. Garchi O‘runov hali chempionatda gollari hisobini ochmagan bo‘lsa-da, uning o‘yinini ko‘rgan odam borki, Ostonga yuqori baho bermoqda
, - deb yozmoqda championat.com sayti eksperti Anatoliy Romanov.

“Ufa” tarkibida har bir uchrashuvda yuqori saviyada to‘p surayotgan legionerimiz uchun bugungi kunda Rossiyaning grand klublari xaridor bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek legioneri chempionat kashfiyoti!