14:30 / 04.08.2020
3 219

Oston O‘runovni “Manchester Siti” futbolchisiga tenglashtirishdi

Oston O‘runovni “Manchester Siti” futbolchisiga tenglashtirishdi
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov “Ufa”dagi hamyurtimiz Oston O‘runov atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Hozir “Manchester Siti”da o‘ynayotgan Aleksandr Zinchenkoni “Ufa”ga olib kelganimda hamma ustimdan kulgandi. U hozir “Manchester Siti”da yaxshi natijalarga erishmoqda. Endi Oston O‘runov masalasida kulishyapti. Ostonga Rossiyadan tashqarida 5-6 million yevrolik takliflar bor. Buni hamma biladi. Bilmagan odamlar, demak yaxshi mutaxassis emas.

O‘runov ishtirok etgan o‘yinlarni boshdan oxirigacha tomosha qiling. O‘zingiz uchun ko‘p narsa kashf qilasiz. Uning transferiga nega shubha qilyapsizlar. Mutaxassislar o‘z fikrini aytsa, jurnalistlar o‘zinikini ma’qullamoqda. Mening esa o‘z qarashlarim bor va unga ko‘ra, O‘runovni olgan jamoa hech qachon kuymaydi
, - dedi Shamil Gazizov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runovni “Manchester Siti” futbolchisiga tenglashtirishdi