13:12 / 21.08.2020
2 930

Ronald Kuman «Barselona»ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ronald Kuman «Barselona»ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Barselona»
«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa tarkibini bir nechta yangi futbolchilar bilan kuchaytirish niyatida, deb yozmoqda AS nashri.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik mutaxassis Kataloniya klubi himoyachi Erik Garsiya («Manchester Siti»), yarim himoyachisi Donni van de Bek («Ayaks») hamda hujumchi Lautaro Martineslarni («Inter») sotib olishini xohlamoqda.

Ta’kidlash joiz, Kumanning o‘zi Zigoo TV’ga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar fonida «Barselona»ning 5-6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi qiyin ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kuman 19 avgust kuni «Barselona» bosh murabbiyiga aylandi. U bu lavozimda Kike Seten o‘rnini egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronald Kuman «Barselona»ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi