20:30 / 26.08.2020
5 341

Pirlo Ronaldu bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

Pirlo Ronaldu bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
“Yuventus” yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibni yangilashga harakat qilayotgan murabbiy jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Avvaliga Pirlo o‘zidan ancha mashhur bo‘lgan portugaliyalik hujumchini kelajak rejalariga kiritmagan va Ronalduning ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Keyinroq, italiyalik mutaxassis o‘z fikrini o‘zgartirdi va klub rahbariyatidan to‘purarni saqlab qolishni so‘ramoqda.

Pirlo yangi mavsumda Krishtianu Ronalduga maydonda erkin o‘yinchi rolini topshirmoqchi. Unga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi taktik sxemalardan qat’i nazar, vaziyatdan kelib chiqib, o‘zi istagan pozitsiyasida to‘p surishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Pirlo Ronalduning hujumdagi sherigi Paulo Dibalani ham jamoada olib qolmoqchi. Lekin klub rahbariyati har ikki futbolchining yuqori maosh olishini inobatga olib, yaxshi taklif chiqsa, Dibalani sotib yuborishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pirlo Ronaldu bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi