20:23 / 31.08.2020
2 481

Odil Ahmedovning supergoli yirik g‘alabaga yo‘l ochdi!

Odil Ahmedovning supergoli yirik g‘alabaga yo‘l ochdi!
Xitoy chempionatining sakkizinchi turida “V” guruhida peshqadamlik qilayotgan “Shanxay SIPG” musobaqa autsayderi “Tyanzsin Teda” bilan kuch sinashdi.

Joriy mavsumda Xitoy chempionatida 16 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boryapti. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan to‘rttadan jamoa pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Qolgan jamoalar esa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘ynaydi.

Odil Ahmedov, Xalk, Oskar va Arnautovich yetakchiligidagi shanxayliklar joriy chempionatda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Sakkizta uchrashuvdan oltitasida g‘alaba va ikkitasida durang qayd etgan “Shanxay SIPG” 20 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlikni mustahkamladi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida hisobni Odil Ahmedov ochdi. O‘zbek legioneri braziliyalik yulduz Oskarning burchakdan oshirgan to‘pini tuxtatmasdan uzoq masofadan darvoza to‘riga aniq joyladi. Bir so‘z bilan aytganda super gol.

Odilning goli jamoadoshlarining ruhini ko‘tardi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xalk hisobagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Bellashuvning ikkinchi bo‘limi ham mezbonlarning katta ustunligida davom etdi. Marko Arnautovich bo‘lim o‘rtalarida Oskarning uzatmasini golga aylantirdi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida esa shanxayliklar yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gal Oskar o‘z hisobiga navbatdagi golni yozib qo‘ydi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida mehmonlar futbolchisi Jao Xongluye yagona javob to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, shanxayliklarning mohir legionerlari bittadan gol urib, "Shanxay SIPG"ning navbatdagi yirik g‘alabasini ta’minlab berdi - 4:1.

Yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan “Tyanzsin Teda” yana ochko yo‘qotdi. Bu jamoa sakkizta uchrashuvdan atigi bittasida bir ochko olgan xolos. Qolgan barcha uchrashuvlarda raqiblarga imkoniyatni boy bergan.

Joriy mavsumda “ShanxaySIPG” jamoasi Xitoy chempionligiga asosiy da’vogarlar biri sifatida e’tirof etilmoqda. Odil Ahmedov bu jamoa safida 2018 yili chempionlik sovriniga sazovor bo‘lgan edi.

Xitoy Superligasi
8-tur bahsi
31 avgust, dushanba

«Shanxay SIPG» — «Tyanszin Teda» 4:1
Gollar:
1:0 – 29 Ahmedov, 2:0 – 45 Xalk, 3:0 – 72 Arnautovich, 4:0 – 82, penalti Oskar, 4:1 – 90+2 Jao Xunlyuye.
«Shanxay SIPG»: Yan Szyunlin, Fu Xuan, Yuy Juy (Xe Guan, 62), Vey Jen, Van Shenchao, Arnautovich (Szya Boyan, 83), Oskar, Lyuy Venszyun, Ahmedov (Lin Chuan’i, 62), Yan Shiyuan, Xalk (Rikardo Lopes, 62).
«Tyanszin Teda»: Ten Shankun, Jao Xunlyuye, Bay Yuefen (Tan Vansun, 46), Jen Kaymu, Jun Xao, Lyu Yan, Lyu Jofan, Bastians, Jao Insze, Achimpong, Jonatan.
Ogohlantirishlar: Lyu Yan (39), Oskar (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedovning supergoli yirik g‘alabaga yo‘l ochdi!