20:53 / 30.09.2020
2 364

Chorak finalning eng xavfli 4 futbolchisi (foto)

Chorak finalning eng xavfli 4 futbolchisi (foto)
Yana bir bosqich oldidan qit’amiz futbolining birinchi raqamli axborot manbai hisoblangan “the-afc.com” sayti eng yaxshilarni tanlab oldi.
Ular orasida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham bor va biz ushbu maqolani to‘liq tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz.

Chorak final doirasida Saudiyaning ikki klubi “Al-Nassr” va “Al-Ahli” kurashi hamda “B” va “S” guruhi g‘oliblari to‘qnashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. To‘rttala jamoa ham dekabrda bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok etish uchun quyidagi futbolchilarga jiddiy ishonch bildiradi.

Marko Marin (“Al-Ahli”)

Marinning “Al-Shorta”ga qarshi uchrashuvda kiritgan g‘alaba goli amalda saudiyaliklarni nimchorak finalning birinchi ishtirokchisiga aylantirdi. Shuningdek, Jidda klubi nimchorak finalda “Shabab Al-Ahli”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga ham birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi.

31 yoshli futbolchi jamoaga joriy yilning yanvarida “Red Star” Belgrad safidan kelib qo‘shilgan. 2010 yilda Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borgan. “Chelsi” va “Sevilya” tarkibida Yevropa Ligasini yutgan.

Dastlabki ikki turni o‘tkazib yuborganiga qaramasdan, Marin hozirgacha boshqa jamoalaridan ko‘proq imkoniyatlar yaratishga erishdi (10 ta). Jamoasi tarkibida hujum uchligiga uzatilgan to‘plar miqdori bo‘yicha Ali al Asmaridan (57) keyingi ikkinchi o‘rinda (56) turibdi.

Bashar Risan (“Persepolis”)

23 yoshida kamdan-kam futbolchilar OCHLda Risan kabi tajribaga ega bo‘la oladi. 2014 yilda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan futbolchi, 2016 yilda “Eyr Fors” klubini OFK kubogi g‘olibligi tomon yetakladi. Keyin esa, Eron grandlari bilan shartnoma imzolab, 2017 yilda yarim final, bir yil o‘tib, finalgacha yetib bordi.

3-turda “Al-Taavun”ga urilgan gol jamoasining guruhni birinchi o‘rinda yakunlashiga katta hissa qo‘shdi.

Shuningdek, Iroq terma jamoasi futbolchisi hujum uchligiga yetkazilgan paslar soni (118 ta) hamda vaziyatlar yaratish borasida (6 ta) klubda ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etib turibdi. Uning Isa Al-Kasirga uzatadigan to‘plari har qanday himoyani xavf ostida qoldirishi mumkin.

Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)

“Paxtakor” 11 yil deganda, OCHL chorak finaliga yo‘l oldi va jamoaning boshqa hech bir futbolchisi ushbu natijada 27 yoshli vingerchalik katta rol o‘ynamadi.

2013 yildan beri ushbu jamoada harakat qilib kelayotgan Jaloliddin Shota Arveladzening joriy yilgi OCHL uchun tuzgan rejasida asosiy futbolchi sifatida qayd etilgandi. Masharipov “Paxtakor”ning guruh bosqichidagi birinchi va oxirgi gollariga mualliflik qildi.

U chiroyli statistikalari bilan nafaqat jamoasining, balki butun turnirning yetakchi futbolchisiga aylanib oldi. U 20 ta xavfli hujum yaratgan - bu ikkinchi o‘rindagi Akram Afifdan 7 taga ko‘p, demakdir. Masharipov hozirgacha 29 marotaba raqiblarini muvaffaqiyatli tarzda dog‘da qoldirgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha unga eng yaqin futbolchi “Sharja” bilan uyiga jo‘nab ketgan Lukas Kaio (22 ta) hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik vinger hujum uchligiga uzatilgan paslar soni (159 ta) bo‘yicha OCHLning istalgan futbolchisidan oldinda.

Abdurazzoq Hamdallah (“Al-Nassr”)

Chempionat to‘purari qo‘shilmagan taqdirda, eng yaxshi hujumchilar haqidagi maqola hech nimaga arzimaydi. Hamdallah o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 9 uchrashuvda gol urdi va bu borada 2017 yilda Xalk o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Marokashlik futbolchi 2018 yilda “Al-Nassr” safiga kelib qo‘shildi va debyut mavsumining o‘zidayoq 35 ta gol kiritib, chempionat rekordini yangiladi va Saudiya Pro-ligasi chempionligini jamoasiga hadya etdi. Yakuniga yetgan mavsumda ham 29 ta gol bilan ketma-ket to‘purarlik unvonini qo‘lga kiritdi.

U joriy mavsumda 7 ta golda ishtirok etdi (6 ta gol, 1 ta assist). Faqat Bag‘dod Bunedjada jarima maydoni ichida berilgan zarbalar soni (16) Hamdallahdan ko‘p (12).

Abdulvosid Valixonov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chorak finalning eng xavfli 4 futbolchisi (foto)