20:53 / 13.10.2020
1 601

Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi

Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi
Foto: Getty Images
«Yuventus» va Portugaliya milliy jamoasi goleadori Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda A Bola.

Manbaning yozishicha, Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Ronalduning test natijalari musbat chiqqan bo‘lsa-da, u koronavirusni alomatlarsiz o‘tkazmoqda. Futbolchining sog‘lig‘ida muammolar yo‘q. Shunga qaramay, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining 14 oktabr kungi Shvetsiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli hujumchi 5 oktabr kuni «Yuventus»dan Portugaliya milliy jamoasi ixtiyoriga kelib qo‘shilgandi. Ronaldu Turin klubida joriy qilingan karantin choralaridan norozi bo‘lgandi.

La Gazzetta dello Sport’ning yozishicha, klubning ikki ishchisida koronavirus aniqlangach, rahbariyat qarori bilan jamoa futbolchilari klub qarorgohi yaqinidagi mehmonxonada o‘zini yakkalash tartibida alohida saqlangan. Bu orada futbolchilar ikki marta test topshirgan va hech kimda kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Oradan bir necha kun o‘tib futbolchilar joriy qilingan ehtiyot choralariga ko‘ra uchinchi marta ham tekshirishdan o‘tishlari lozim bo‘lgan. Ammo klub futbolchilari orasidan birinchi bo‘lib Krishtianu Ronaldu milliy jamoa o‘yiniga o‘z vaqtida yetib borish uchun o‘zini yakkalash tartibini buzgan va uchinchi tekshiruvni kutmay, klub ixtiyorini tark etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)