19:30 / 18.10.2020
904

"Paxtakor" ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamlikni qo‘lga oldi

"Paxtakor" ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamlikni qo‘lga oldi
Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi. Unda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchdi.
"Sherlar" safida Eren Derdiyok, Farrux Sayfiyev hamda Abror Ismoilov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Oybek Qilichev bir marotaba bu gollarga javob qaytara oldi.

Ushbu g‘alaba natijasida "Paxtakor" turnir jadvali peshqadamligini AGMKdan tortib olgan bo‘lsa, "Qizilqum" 11-pog‘onada joylashgan.

"Paxtakor" – "Qizilqum" 3:1
Gollar:
Eren Derdiyok 17, - 1:0. Oybek Qilichev 28, - 1:1 (Ruslan Margiyev). Farruh Sayfiyev 73, - 2:1 (Dostonbek Hamdamov). Abror Ismoilov 76, - 3:1.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Akrom Komilov, 81), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov (18.Xojimat Erkinov, 75), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (21.Abrorbek Ismoilov, 75), 34.Farruh Sayfiyev, 77.Eren Derdiyok (11.Igor Sergeyev, 69).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 6.Alisher Salimov, 7.Sadriddin Abdullayev, 15.Yegor Krimes, 28.Diyor Xolmatov.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullayev, 7.Oybek Qilichev, 8.Ruslan Margiyev, 10.Alisher Sanoyev, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 23.Sherali Jo‘rayev (77.Sunnatilla Abdullajonov, 85), 44. Ibrohim Tomiva, 75.Oleg Tolmasov, 88.Jamshid Hasanov (18.Jasur Azimov, 59).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Humoyun Abdualimov, 11.Qadamboy Nurmetov, 20.Xurshidjon Olimov, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 97.Sherzod Qodirov.

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov 54, Alisher Sanoyev 80.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)