21:14 / 24.10.2020
2 486

La Liga. «Real» Kataloniyada «Barselona»ni taslim etdi

La Liga. «Real» Kataloniyada «Barselona»ni taslim etdi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha La Liga 7-turida «Barselona» va «Real» jamoalari 24 oktabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari faol boshladi. Madridliklar 5-daqiqadayoq ilk xavfli hujumni golga aylantirdi: Federiko Valverde Karim Benzemaning uzatmasidan keyin katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Bunga maydon egalari Ansu Fatining goli bilan tezda javob qaytardi. Tanaffusga qadar har ikki jamoada bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim «Barselona»ning faolligi ostida boshlandi. Biroq gol urish mehmonlarga nasib etdi. 63-daqiqada Serxio Ramos videotakrorlardan keyin belgilangan penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida ustunlik madridliklar tomoniga o‘tdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Luka Modrich darvozabon va himoyachilarni ortda qoldirgan holda chiroyli gol bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlarining ochkolari 13 taga yetdi va jamoa musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi.

«Barselona» — «Real Madrid» 1:3
Gollar:
0:1 – 5 Valverde, 1:1 – 8 Fati, 1:2 – 63, penalti Ramos, 1:3 – 90 Modrich.

«Barselona»: Neto, Pike, Langle, Dest, Alba (Breytueyt, 87), Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 81), Koutino, Pedri (Trinkau, 81), Messi.
«Real Madrid»: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (19), Langle (29), Nacho (37), Alba (62), Messi (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» Kataloniyada «Barselona»ni taslim etdi