20:27 / 31.10.2020
2 434

"Nasaf" murabbiyi: Qo‘lga kiritilgan g‘alabalar orasida eng qiyini bugungisi bo‘ldi

"Nasaf" murabbiyi: Qo‘lga kiritilgan g‘alabalar orasida eng qiyini bugungisi bo‘ldi
Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Shuxrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qiziqarli va kurashga boy o‘yin bo‘ldi. Muhimi g‘alaba qozondik va yigitlarga rahmat aytaman. "Qo‘qon-1912" standart vaziyatlardan unumli foydalanishini bilar edik. Yigitlar himoyada tartibli o‘yin ko‘rsatishdi va hujumda muvaffaqiyat qozondik. Jamoamiz muxlislarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Abduvohid Ne’matov uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytishmaydi va u bugun ushbu fikr to‘g‘ri ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Dilshod Saitov va Sherzod Nasrullayevning jarohatlari qay darajada ekanligini bilmayman. Kiyim almashtirish xonasiga kirganimda, barchasi normal holatda edi.

Ro‘ziqul Berdiyevning yo‘q ekanligi albatta qiyinchilik tug‘diradi. Qolaversa, hayajon ham kuchli bo‘ldi. Finalga teng o‘yin bo‘ldi. Hozirga qadar o‘tkazgan o‘yinlarimiz orasida bugungisini eng og‘iri bo‘ldi deb o‘ylayman. Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdk", - dedi Toshpo‘latov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" murabbiyi: Qo‘lga kiritilgan g‘alabalar orasida eng qiyini bugungisi bo‘ldi