22:47 / 11.11.2020
2 070

Abramov: "Terma jamoa o‘ynar ekan natija har doim birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi"

Abramov: "Terma jamoa o‘ynar ekan natija har doim birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha BAAda maydonda o‘zining dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hech narsani yashirishning hojati yo‘q, kecha bu yerga yetib keldik. Qoidaga ko‘ra koronavirusga test topshirdik va javobini kutdik. Ilk kungi mashg‘ulotlarni trenajyor zalida olib bordik.

Bugun umumiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishgan bo‘lsak, 11 noyabr kuni kechki payt o‘yindan oldingi mashg‘ulotni o‘tkazamiz. Boz ustiga nazariy mashg‘ulotlar ham o‘tkazishimiz darkor. Maqsadimiz ichki chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilarning holatini yana bir bor ko‘zdan kechirish. Turli sabablarga ko‘ra ayrim legionerlar kela olishmadi. Pandemiya yana qancha davom etadi buni bilmaymiz. Shu bois ichki chempionatda o‘ynayotgan va avval terma jamoaga kam chaqiruv olgan futbolchilarni jalb qildik. Bu ular uchun ham xalqaro tajriba vazifasini o‘taydi.

Umuman olganda bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik rejadagidek davom etyapti. Raqiblarni o‘rganyapmiz, ular ham bizni o‘rganayotgani aniq. Biz o‘z o‘yinimizni tashkil qila olishimiz kerak. Futbolchilar biz talab qilayotgan o‘yinni va uslubni qay darajada tushunib olishlari muhim.

Terma jamoa o‘ynar ekan natija har doim birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi. Yangi futbolchilarni sinab ko‘ramiz, shu bilan birga ijobiy natijani ham qayd etamiz degan umiddaman
", - deydi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Suriya - O‘zbekiston uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Bahs "Sharja" stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: "Terma jamoa o‘ynar ekan natija har doim birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi"