08:00 / 15.11.2020
3 199

Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf"da bor narsani yo‘q qilishdi. Berdiyev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..."

Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf"da bor narsani yo‘q qilishdi. Berdiyev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..."
Sport telekanalida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqot chog‘ida PFL direktoriga "Nasaf" borasida savol berildi.

"PFL "Nasaf" jamoasiga qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qiladi. O‘tgan mavsumda "Sug‘diyona" bilan ham shunday bo‘lgandi. Faqat ular vaqtliroq harakatni boshlagan edi. Oxirgi turda esa "Bunyodkor" bilan durang o‘ynab yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagandi. "Nasaf" xalqaro maydonga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa qisqa muddatda OFKdan qayta litsenziyadan o‘tkazib berishini so‘raymiz. Bunda O‘FA yoki PFLning aybi yo‘q.

Klubni ikkiga ajratadigan bo‘lsak murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev va rahbariyat. Birinchisi ishini yaxshi bajarib qo‘ygan, jamoasi ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Ikkinchisi esa bajara olmadi. Litsenziyalashdan o‘tkazishda besh tamoyil bor. Sport prinsiplari, moddiy texnik baza, yuridik, iqtisodiy va buning ichida buxgalterlik hisoboti ham bor. Klublarimizni eng ko‘p yiqitadigan narsa bu buxgalterlik hisoboti. Bu OFK talab qiladigan narsa.

Klublar bir yilda ikki marotaba audit tekshiruvidan o‘tishi kerak. Keyingi mavsumdan buni markazlashgan holatda o‘tkazamiz. Tender yordamida bitta auditorlik kompaniyasini aniqlab olamiz. Agar klublar o‘zlari o‘tkazadigan bo‘lsa o‘z manfaatlaridan kelib chiqib audit yollashadi. Bu bilan o‘zlarini aldashi mumkin, ammo OFKni aldab bo‘lmaydi. "Nasaf" mana shu narsadan o‘ta olmadi. "Nasaf" akademiya, infratuzilma bo‘yicha aksariyat jamoalardan ustun. Bu yerda bor narsani yo‘q qilishdi
", - deydi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf"da bor narsani yo‘q qilishdi. Berdiyev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..."