14:25 / 15.01.2021
2 230

Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi?

Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi?
Bahodir Jalolov o‘zbek boksida o‘ziga xos yorqin iz qoldirayotganlardan biri sanaladi. U havaskor boksda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritib ulgurdi. Lekin uning eng asosiy maqsadlaridan biri Tokio Olimpiadasida zafar quchishdir. Uning bu boradagi imkoniyatlari muxlis va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Shuningdek, professional yo‘nalishda ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. U hozirda AQSHda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuni inobatga olib, yurtdoshimizning Olimpiadaga qadar yana professional boksda jang o‘tkazishi borasidagi fikri bilan qiziqdik.

- Assalomu alaykum. Hozirda, AQSHda mashg‘ulotlarni olib bormoqdamiz. Jang tashkil qilinsa, o‘tkazamiz. Biroq, ayni kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida yana karantin holati joriy qilingan. Buyuk Britaniya umuman yopib tashladi, janglar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Ma’lumki, professional boks kechalari asosan, AQSH, Buyuk Britaniya hamda Meksikada tashkil qilinadi.

Shuning uchun janglarni tashkil qilish ham juda kamayib ketdi. Jangim aniq emas, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek bu imkoniyat taqdim etilsa, Olimpiadaga qadar yana bir bor ringga ko‘tarilaman
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi?