19:53 / 17.02.2021
2 541

“Jenoa” Shomurodovga taklif qilingan katta summadan voz kechdi. Yozda Eldorning bozori qaynaydi!

“Jenoa” Shomurodovga taklif qilingan katta summadan voz kechdi. Yozda Eldorning bozori qaynaydi!
Qishki transferlar davrida A Seriyaga daxldar eng birinchi va katta shov-shuv Eldor Shomurodovga “Yuventus” qiziqayotgani bo‘ldi. Bu haqda Italiyaning bir necha yirik ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi. Mavzu yuzasidan “Yuventus” sport direktori, “Jenoa” prezidenti, Shomurodovning agentlari, murabbiylari, futbol jamoatchiligi ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marsio yozgi transferlar vaqtida “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning xaridori ko‘p bo‘lishi va uning narxi oshib borayotgani haqida ma’lumot berdi.

- Ayni paytda Eldor Shomurodovning haqiqiy transfer summasi kamida 5 million yevroni tashkil qilmoqda. Agar “Jenoa” uni hozirning o‘zida sotib yuborishni istaganida aynan shuncha pul olardi. Bir necha klublar genuyaliklar bilan bog‘lanib, Shomurodov transferi haqida surishtirgani va narxini so‘ragani bor gap. Bu narx aynan 15 million yevroni tashkil qiladi. Ya’ni, Eldorning transfer narxi yarim yilda ikki barobar oshdi. Pyontek transferida genuyaliklar bir necha barobar foyda ko‘rgan edi. Polshalik hujumchini “Jenoa” 4,5 million yevroga olgandi, keyinchalik “Milan” bu futbolchi uchun 35 million yevro to‘lagan.

Italiyada shunday qoida bor: agar yaxshi futbolchini ko‘rsak, uni 20 yoki 30 million yevro bo‘lsa ham, sotib olish kerak. Koronavirus pandemiyasi davrida ham bu holat o‘zgarmaydi.

Italiyada Shomurodovga “Yuentus” qiziqayotgani ayni haqiqat. Shunday ham bo‘lgani rost. Yozgi transferlar vaqtida o‘zbek hujumchisi e’tibor markazida bo‘lishi kutilyapti. Eldor “Borussiya Dortmund” va “Sevilya” uchun ham qiziqarli variant hisoblanadi. Unga asosan iste’dodli yosh futbolchilarni qadrlaydigan klublar xaridor bo‘ladi. Shomurodov aynan shu tipdagi hujumchidir.

Ikki-uch hafta muqaddam “Jenoa” va “Yuventus” o‘zaro gaplashdi. O‘shanda turinliklar Shomurodov haqida so‘ragan. Bu aniq ma’lumot. Genuyaliklar Eldorni sotib yuborishni istamadi, biroq “Yuventus”ning u haqidagi pozitsiyasini aniqlashtirib oldi. “Yuventus” va “Jenoa” mustahkam do‘stona aloqalarga ega. Ular har yili o‘yinchi almashadi. Bu gal ham ular navbatdagi transferlarga zamin yaratdi.

Eldor Shomurodov “Yuventus”ga o‘tadimi yoki boshqa jamoagami, buni bilmayman. Lekin klublar bozor sharoitida bir biri bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Agar “Jenoa” prezidenti Enriko Pretsioziga ko‘p pul taklif qilinsa, har kimni ham sotib yuboradigan odam. Hatto pul uchun o‘zining oyog‘idan ham voz kechishga tayyor, - dedi Janluka Di Marsio.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Rostov”dan “Jenoa”ga 7,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning genuyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. A Seriyada muvaffaqiyatli o‘ynayotgan futbolchimizga “Rostov”da o‘ynab yurgan paytida ham Italiya, Germaniya, Fransiya, Turkiya kabi mamlakatlarning yetakchi klublaridan yetarlicha qiziqish bo‘lgan edi.

Endi o‘zbek hujumchisi kuchli beshlik chempionatlarda ham o‘ynashga qodirligini isbotlaganidan keyin uning xaridorlari safi yanada kengayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Jenoa” Shomurodovga taklif qilingan katta summadan voz kechdi. Yozda Eldorning bozori qaynaydi!