09:00 / 26.03.2021
1 700

Antiseptiklarda saraton keltirib chiqaruvchi modda aniqlandi

Antiseptiklarda saraton keltirib chiqaruvchi modda aniqlandi
Foto: «Elements.envato.com»
AQSHdagi bir qator ishlab chiqaruvchilarning qo‘llarni dezinfeksiya qilish vositalarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi modda tarkibi aniqlandi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Amerikaning Valisure farmatsevtika kompaniyasi antiseptiklar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi va koronavirus pandemiyasi davrida paydo bo‘lgan ba’zi dezinfeksiya vositalarining yuqori darajadagi kanserogen kimyoviy benzolni o‘z ichiga olishini aniqladi.

Mahsulot asbest (tolali tuzilishga ega oltita tabiiy mineral va kristallar guruhining tijoriy nomi) kabi xavfli hisoblanadi va ba’zi kompaniyalarda uning darajasi AQSHning Oziq-ovqat va dori-darmon nazorati agentligi (FDA) tavsiya qilgan me’yordan sakkiz barobar yuqori darajada. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ular saraton kasalligini keltirib chiqaradigan moddalar qatoriga kiradi. Valisure kompaniyasi FDA’ga sotuvdagi mahsulotlarni olib tashlash va o‘zining tahlillarini o‘tkazish haqida iltimos bilan xat yozdi.

Benzol — o‘ziga xos shirin hidga ega, rangsiz suyuqlik, organik kimyoviy birikma. U tabiiy ravishda vulqonlarda uchraydi va o‘rmon yong‘inlari natijasida yuzaga keladi. Yuvish vositalari, bo‘yoqlar, moylash materiallari va kauchuklar kabi bir nechta mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori darajadagi benzol ta’sirida hujayralar yaxshi ishlamasligi mumkin, bu esa immun tizimini ishdan chiqaradi.

Valisure kompaniyasi tadqiqot uchun butun mamlakat bo‘ylab turli xil yirik supermarketlarda, dorixonalarda va Internet do‘konlarida sotilayotgan 168 ta brendning dezinfeksiya vositalaridan 260 ta namuna olgan.

Artnaturals, Scentsational Soaps & Candles Inc., Huangjisoo, TrueWash, The Creme Shop, Star Wars Mandalorian, Body Presciptions, Born Basic, Beauty Concepts, PureLogic, Miammi Carry On, Natural Wunderz, Clean-protect-sanitiza, Puretize, Hand Clean 100 kabi kompaniyalar mahsulotlarida benzolning me’yoridan ortiq darajasi aniqlandi.

Valisure tomonidan o‘tkazilgan test natijalari Yel universitetining Kimyoviy va biofizik uskunalar markazi va Boston Analytics xususiy laboratoriyasi tomonidan tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Antiseptiklarda saraton keltirib chiqaruvchi modda aniqlandi